Toshkent shahrida zilzila sodir bo`ldi

09.09.2024 08:59

Bugun mahalliy vaqt bilan 05:45 da Toshkent shahrining ayrim hududlarida 3,6 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Mirzo Ulug`bek tumanida 2 ball, 2 km.
Mirobod tumanida 2 ball, 5 km.
Shayxontoxur tumanida 2 ball, 6 km.
Yashnabod tumanida 2 ball, 6 km.
Olmazor tumanida 2 ball, 7 km.
Yakkasaroy tumanida 2 ball, 7 km.
Chilonzor tumanida 2 ball, 9 km.

Ma`lumot uchun, Toshkent shahri, Mirzo Ulug`bek tumanida zilzila koordinatalari: 41,33 gradus shimoliy kenglik; 69,38 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 10 km shimoliy-sharqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар