Ayrim OTMlarda talab qilish taqiqlangan hujjatlar so`ralmoqda

07.09.2024 17:26

Adliya vazirligi mas`ullari tomonidan joylarda o`tkazilgan o`rganishlar va aholi bilan uchrashuvlar davomida ayrim oliy ta`lim muassasalari tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar (shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati) so`ralayotganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda vazirlik o`z rasmiy sahifasida ma`lum qildi. (https://t.me/adliyangiliklari/15241)

Eslatib o`tish joizki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari ko`ra aholidan 120 turdagi ma`lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinishi belgilangan.

Shunday ekan, ushbu hujjatlarning talab qilinishi davlat xizmatlari ko`rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi. Va bu kabi holatlar kuzatilganda, Adliya vazirligining "ishonch qo`ng`iroq"lariga (1008, 1148) murojaat qilinishi so`raladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар