Rossiyada migrantlarning bolalariga bog`cha va maktablarni pullik qilish taklif etildi

07.09.2024 14:46

 

Rossiya davlat Dumasi  Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo`yicha qo`mitasi rahbari Yaroslav Nilov migrant farzandlari uchun bepul ta`limni bekor qilish to`g`risidagi qonun loyihasini tavsiya qildi.

Nilov o`z nutqida "Biz bu xayriya davrini tugatishni taklif qilamiz, chet ellik bolalar Rossiya byudjeti va soliq to`lovchilarimiz hisobidan ta`lim olmasligi kerak. Ular uchun ta`lim nafaqat bepul, balki ular bizga begona submadaniyatni, o`z qoidalarini ham o`rnatmoqda. Marhamat, xorijlik ota-onalar farzandlarini ta`lim muassasalarimizga tijorat asosida joylashtirsin. O`zimizning rus bolalari chet ellik ishchilar farzandlarining haddan tashqari ko`pligidan aziyat chekmasin", kabi fikrlarini bildirgan.

Loyiha tarafdorlarining fikriga ko`ra, maktablarda migrant bolalarining ko`payishi, o`qish sifatining pasayishiga sabab bo`ladi.

Chunki migrant bolalari rus tilini yaxshi bilmaydi. Ular uchun alohida darslar tashkil qilish, ortiqcha xarajat va o`qituvchilar uchun qo`shimcha maosh talab etadi.

Avvalroq, Rossiyaning Samara shahrida Davlat Dumasi kengashining kengaytirilgan yig`ilishida parlament quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin ishlash uchun kelgan past tabaqali migrantlarning oilasi bilan davlatga kirishini taqiqlash tashabbusi bilan chiqqandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар