Maktab formasi uchun kim qancha mablag` sarfladi?

01.09.2024 11:47

Yangi o`quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Ota-onalar farzandi uchun maktab kiyimi va o`quv qurollari xaridini allaqachon boshlab yuborishgan. Xo`sh, ular buning uchun necha pul sarflashyapt? Rost24.uz bu borada aholi fikri bilan qiziqdi.

- Siz bir nafar farzandingiz uchun maktab kiyimi va o`quv qurollariga  necha pul sarflayapsiz?

- O`quv qurollariga alohida 500 ming ketdi.

- 3 milliondan kam ketmadi. Hamma narsani yaxshisini olganim uchunmi..

- O`quv quroliga 210 ming ketdi.

- Taxminan bitta bolaga 450 000 -500 000 ketib qolyapti.

- O`quv qurollarisiz, 1-sinf bolamga 1 yarim million ketdi.

- 2 milliondan ko`p ketdi. Hali kami to`lgani yo`q.

- 1 milliondan ko`p ketdi. Undan ko`ra magazin arzonroq menimcha.

- Bozor narxlari siz uchun qulaymi?

- Bo`ladi, narx-navo o`tgan yilgiga nisbatan bu yil yaxshiroq.

- Maktab forma, daftar-kitoblar arzon. Narxlar oshib ketgan. Mahallamizda flomaster 16 ming, bozorda esa, xuddi o`sha narsa 26 ming turibdi.

- Sal qimmatroq.

- 4 ta 5 ta bolalilarga og`ir keladi.

- Bir oy oldin narx-navo yaxshi edi. Hozir oshib ketgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар