Davlat xizmatlarini ko`rsatish va jarima tushumlarini to`liqligicha Davlat byudjetiga yo`naltirish kerak – Ulug`bek Inoyatov.

29.08.2024 14:03

Oktabr oyida bo`lib o`tadigan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo`lib o`tadigan saylovlarda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar rahbarlari o`zlarining chiqishlarida saylov oldi dasturlarida ko`proq qaysi sohalarga e`tibor qaratilaytoganini ma`lum qilmoqdalar.

Umuman olganda siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari partiyalar saylovda g`alaba qozongan taqdirda amalga oshirishni rejalashtirgan ustuvor siyosiy takliflari, maqsad va vazifalarini saylovchilarga tushuntiruvchi eng asosiy hujjat hisoblanadi. Ularning jozibadorligi va jamiyat hayotidagi eng og`riqli sohalardagi muammolarni qamrab olganligi saylovchilarni jalb etish va jamoatchilik fikrini shakllantirishning asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi.

Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug`bek Inoyatov ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida partiyaning o`tgan davrdagi erishgan yutuqlari va bu saylovlarda qanday maqsadlarga ustuvorlik berilayotganligiga alohida to`xtalib o`tdi.

Partiya rahbari o`z nutqida bu galgi saylovoldi dasturida iqtisodiyotda davlatning faol roli va ishtirokini, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar ustidan davlat nazoratini saqlab qolish, ularni xususiylashtirishni qonun darajasida ta`qiqlash masalasini kiritmoqchiligi ma`lum qildi hamda strategik ahamiyatga ega kompaniyaning xususiylashtirilishi, har qanday holatda ham, noto`g`ri amaliyot ekanligini ta`kidladi.

“Dasturimiz e`lon qilinmaguncha undagi tashabbuslar haqida ko`p to`xtalishni istamayman. Lekin ba`zi birlarini aytib o`tishim mumkin. Masalan,

– davlat xizmatlarini ko`rsatish yoki jarima bo`yicha tushumlarni to`liqligicha Davlat byudjetiga yo`naltirish;

– ijro hokimiyati tomonidan muhim ijtimoiy qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o`tkazish institutini joriy etish;

– parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlarda hamda davlat fuqarolik xizmatida “nogironligi bo`lgan shaxslar uchun kvota” joriy etish kabi takliflar o`rin oladi. Bu masalalar juda muhim.

– ijro hokimiyati tomonidan muhim ijtimoiy qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o`tkazish institutini joriy etish;

– parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlarda hamda davlat fuqarolik xizmatida “nogironligi bo`lgan shaxslar uchun kvota” joriy etish kabi takliflar o`rin oladi.” – Ulug`bek Inoyatov.

Siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari siyosiy xaritani shakllantirish va mamlakat taraqqiyotining istiqbolli yo`nalishlarini anglashda muhim vosita hisoblanadi. Ular saylov jarayonida ko`proq saylovchilar ovozini yig`ishda asosiy o`rin tutadi, saylovchilarning tanloviga ta`sir ko`rsatadi va saylangan siyosiy kuchlarning kelgusidagi faoliyati uchun yo`nalishlarni belgilaydi.

Shu bois saylovchilar uchun dasturlarni sinchiklab o`rganish, ularning amalga oshirilishi va o`z manfaatlari hamda umidlariga mos kelishini baholash har bir saylovchining burchidir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар