Mustaqillik kimga nima berdi?

27.08.2024 10:19

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganiga ham 33 yil to`ldi. Rost24.uz bugun jamoatchilikning mustaqillikdan keyingi o`zgarishlar haqidagi fikrlarini o`rgandi. 

- Sizningcha, mustaqillikdan keyin O`zbekistonda sezilarli darajada nimalar o`zgardi? 

- Ko`p narsa o`zgardi, har tomonlama rivojlandik. 

- Mustaqillikdan keyin ko`p o`zgarishlar bo`ldi, iqtisodiy o`zgarishlar. Davlatimiz rahbarining hozirgi tashabbuslari bilan iqtisodiy o`sishlarga erishyapmiz, oxirgi 8 yil ichida O`zbekiston yanada rivojlandi. 

- Ko`rib turganingizdek, hamma narsa o`zgarib boryapti. Biz mustaqillikdan keyin tug`ilganmiz. Hozir erkinlik bor. 

- Menimcha, mustaqillikdan keyin O`zbekistonda juda ko`p narsalar o`zgardi. Masalan, insonlarning dunyoqarashi, bozor iqtisodiyoti, farzandlarimizni o`qishga bo`lgan chanqoqligi o`zgardi. 

- Mustaqillikdan keyin erkinlik bo`ldi. Qo`shni davlatlar bilan aloqalarimiz mustahkamlandi. 

- Texnologiyalar rivojlandi, zamon yaxshi tomonga o`zgardi deb o`ylayman. Chunki, o`qishlar hozir rivojlanyapti va rivojlanish allaqachon Evropa bilan teng ketyapti. 

- Hamma narsa yaxshi tarafga o`zgardi. O`zbekistonda o`zgarishlar ko`p, qurilishlar bo`lyapti, bu yaxshi albatta. Judayam chiroyli O`zbekistonimiz bor, ko`z tegmasin. 

- Tadbirkorlarga qulayliklar yaratildi, ancha kengaytirildi. Shaharlarda binolar qurildi. 

- Ta`lim tizimida o`zgarishlar bo`ldi, chunki 1991 yilgacha biz Sovet tuzumi davrida yashaganmiz, undan keyin bizning milliy bayrog`imiz, gerbimiz qabul qilingan. O`qitish tizimida ham boshqacha farq bo`ldi. 

- Mustaqillikdan keyin asosan qurilish bo`yicha yaxshi o`zgarishlar bo`ldi. Masalan, metro qurildi, hamma yo`llar yaxshi bo`lyapti. 

- Mustaqillikdan keyin xalq yashayapti, hamma ishlayapti. 

Haqiqiy mustaqillik siz uchun nima?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар