Prezident Olimpiada sovrindorlari va murabbiylarni mukofotladi

23.08.2024 15:23

Shavkat Mirziyoev Parij shahrida bo`lib o`tgan XXXIII yozgi Olimpiya o`yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to`g`risidagi Farmoni imzoladi.

Farmon matniga ko`ra, Fransiyaning Parij shahrida bo`lib o`tgan XXXIII yozgi Olimpiya o`yinlarida har tomonlama munosib qatnashib, Vatanimiz tarixida mislsiz natijalarga erishgani, O`zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro`-e`tiborini oshirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g`urur va iftixor tuyg`ulari ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlanadi:

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

Do`smatov Xasanboy Marfjon o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Jalolov Bahodir Isomiddin o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Rashitov Ulug`bek Ismatullaevich - Taekvondo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«O`zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

Jamalov Razambek Salambekovich - Erkin kurash bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Mo`ydinxo`jaev Asadxo`ja Zohidxo`ja o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Mullojonov Lazizbek Hasanjon o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Xaloqov Abdumalik Anvar o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Abdullaev Gulomjon Ozodovich - Erkin kurash bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Djuraev Akbar Xusnidilla o`g`li - Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Osipova Svetlana Valerevna - Taekvondo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Yusupov Alisher Xalimboevich - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

Azizov Ulug`bek Azim o`g`li - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kiyamova Nellya Esxatovna - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

To`ychiev Alisher Kurbanovich - Farg`ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo`yicha murabbiysi

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Polatov Saken Djetibaevich - O`zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari

Tashmatov Sherzod Rixsibaevich - O`zbekiston taekvondo assosiasiyasi raisi

«Do`stlik» ordeni bilan

Qilichev To`lkin Maxmurovich - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

Toygonbaev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo`yicha murabbiysi

Turoboev Muzaffarbek Toshtemir o`g`li - Dzyudo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Xan Pavel Afanasevich - Taekvondo bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

G`afurov Davron Dilmuradovich - Zangiota tumani sport maktabi boks bo`yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

Qilichev Farruh Komilovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi boks bo`yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

Mansurov Dilshod Ismatovich - Toshkent tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich - Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo bo`yicha murabbiysi, Xorazm viloyati

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар