O`zbekistonda maymunchechakka qarshi tayyorgarlik ko`rilmoqda

20.08.2024 09:54

Kecha AOKAda "Maymunchechakka qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar" mavzusida brifing bo`lib o`tdi. Unda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish qo`mitasi rahbari Rustamjon Ikromov batafsil bayonot berdi. 

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining bergan ma`lumotiga ko`ra, butun dunyoda maymunchechagi infeksiyasining yangi to`lqini yuzaga kelmoqda. Janubiy Afrikada bugungi kunda keng tarqalgan yangi shtamp oqibatida yuzaga kelgan to`lqin tufayli sog`liqni saqlashda favqulodda holat e`lon qilingan. Osiyo mintaqasida esa, ushbu kasallikni qayd etish holatlari ro`yxatga olinmagan. Ammo migrasiya kuchaygani hisobiga kasallik kirib kelish ehtimoli borligi yuzasidan xulosalar mavjud, deyiladi bayonotda. 

O`zbekistonda virusga qarshi tayyorgarlik qay darajada? 

O`zbekistonda ham ushbu kasallikning kelib chiqishi, davolash usullari yuzasidan uslubiy qo`llanma ishlab chiqilgan. Kuni kecha viloyatlardagi shifoxonalar va ularda ishlovchi laboratoriya mutaxassislari uchun yangi ko`rsatmalar yuborildi, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida ma`lum miqdorda shifo o`rinlari yaratildi hamda laboratoriya xodimlari qo`shimcha o`quv seminarlariga jalb etildi. Shuning bilan birga, ushbu kasallikka qarshi dori vositalarini va test sistemalarining qo`shimcha zaxiralarini yaratish yuzasidan muzokara ishlari boshlangan, – deydi Rustam Ikromov. 

Ma`lumot uchun, maymunchechagi virusli infeksiya bo`lib, juda tez fursatda asoratlarini ma`lum qiladi. Haroratning yuqori ko`tarilishi va o`ziga xos teri toshmalarining yuzaga kelishi infeksiyaning asosiy belgilari hisoblanadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар