Parij-2024 Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirdi

13.08.2024 15:21

Parij Olimpiadasida boks bo`yicha musobaqalar finalida g`alaba qozonib, oltin medalni qo`lga kiritgan Bahodir Jalolovga muxlislik qilgan hamyurtlarimiz vatanimiz bayrog`i bilan birgalikda qo`shnilarimiz, qardoshlarimiz Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston bayroqlarini ham ko`tarib turdilar. 

Ushbu holatga nisbatan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, Parij Olimpiadasi Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirdi, chegaradan o`tsak bilamiz birodarlik kuchini, “men turkman” degan odam qanday baxtiyor, kabi iliq fikrlar bildirdi. 

Bundan tashqari, qirg`izistonlik jurnalist Adil Turduqulov o`z tvitter sahifasida, Abdumalik Xalokov va qirg`izistonlik Munarbek Seitbek o`g`lining Olimpiadadagi final bahsini bir necha Markaziy Osiyo davlatlari vakillari tomosha qilayotgani tasviridagi rasm qo`yib, tarixiy siljish, shunchaki tasodif emas, deya izoh beradi.

Ma`lumot uchun final bahsi oldida qirg`izistonlik bokschi Munarbekning murabbiyi ma`lum sabablarga ko`ra, Olimpiya o`yinlariga kela olmagani sabab, o`zbekistonlik murabbiy sportchiga sekundandlik qilib turgan edi. Yon qo`shni, jon qo`shni, deb shunga aytishsa kerak. Shuningdek, g`oliblarni tabriklash o`rnida qardosh davlatlar tomonidan O`zbek sportchilariga bag`ishlab qo`shiqlar aytila boshlandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар