Jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilingan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida korrupsiya bilan bog`liq jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan.
"Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar" bo`limida Noqonuniy boyish (271-modda) uchun alohida jazo belgilandi:
Davlat xizmatchisining daromad va mol-mulk deklarasiyasida nazarda tutilganidan ortiq pul mablag`lari yoki mol-mulkka noqonuniy ega bo`lishi yoki shunday mulkni orttirishi ancha miqdorda sodir etilgan bo`lsa, – bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha jarima yoki uch yilgacha ish haqidan ushlab qolish bilan jazolanadi.