Kutilayotgan suv tanqisligining oldini olish bo`yicha qanday ishlar qilinmoqda?

10.07.2024 09:23

Suv xo`jaligi vaziri o`rinbosari Azimjon Nazarovning aytishicha, 2030 yilga borib mamlakatda 7 milliard kub metr suv tanqisligi kuzatilishi hamda buning oqibatida, O`zbekiston dunyodagi suv tanqis bo`lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolish ehtimoli mavjud ekan.

Bu kutilayotgan xatar bo`yicha qanday o`rganishlar olib borilmoqda va  qanday amaliy ishlar bajarilmoqda?

“Sohani raqamlashtirish hamda iste`molchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida o`tkazilgan matbuot anjumanida “O`zsuvta`minot” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Xurshid Raxmatullaev quyidagicha javob berdi:

-  Bu  bo`yicha Senat darajasidagi ishchi guruhlar ish olib bormoqda. Suv xo`jaligi vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Gidrometrologiya markazi, Ilmiy tadqiqot institutlari, shu jumladan, biz ham ushbu guruhda ishtirok etyapmiz. Lekin, oxirgi yillarda ko`rilayotgan metrologik kuzatishlar ancha yaxshi. Suv manbalarining shakllanishi nuqtai nazaridan, tashqi suv zaxiralariga bo`lgan xavotir biroz kamaygan bo`lishi mumkin. Masalaning ikkinchi tomoni, biz er osti suvlariga bo`lgan munosabatni to`g`ri shakllantishimiz kerak. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, tashqi ta`sir, ya`ni ishlab chiqarish ta`siri asosida er osti suvlari iste`molga yaroqsiz holga kelish holatlari ham bor. Bu bo`yicha yangicha ilmiy yondashuvlarni joriy qilish ishlari ketmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар