Mutaxassislar tomonidan 1 oyda elektrdan foydalanish limiti 200 kVt deb hisoblab chiqildi. Sizningcha, bu limit 1 oyga etadimi?
Rost24.uz ushbu mavzu bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rgandi.
- Elektr energiyasidan foydalanishda oylik limit 200 kVt etib belgilandi. Bu bir oyga etadimi?
- Yo`q, biz allaqachon qarz bo`lib bo`ldik. Havo issiq, ko`plab texnikalardan foydalaniladi. Umuman qiyin, limitdan o`tib ketsa 950 so`m to`lanadi.
- Ahmoqlik deb o`ylayman. Kondisioner ishlatmayotgan paytimizni o`zida 200 dan oshiq chiqqan edi. Kondisioner ishlatsa qanaqa bo`ladi.
- Hammani uyida kondisioner bor, muzlatgich bor, har kim ishlatganiga pul to`layaptiku baribir.
- Albatta yo`q, o`n kunda ishlatb bo`lamizamiz biz. Undan keyin qarzga o`tib ketadi.
- Hamma oilada har xil, osonroq qilishsa yaxshi bo`lar edi.
- Menimcha etmaydi. Issiq kunda ko`plab texnikalardan foydalaniladi. Tok o`zi past keladi biz tomonlarga.
- Etmaydi, 3 kunda tugab qolyapti bizning limit. Agar kimdir shikoyat qilsa, biz ham shu masalada qo`shilib shikoyat qilmoqchimiz.
- Etmaydi, chunki issiqda kondisionerlardan ko`p foydalaniladi va 500 dan oshib ketadi.
- Yo`q, umuman etmaydi. Lekin narxlarni ko`tarishadi, pensiya kam.
- Ayrim oilaga etadi, kichkina bo`lsa, katta oilalarga etmaydi.
- Sharoitga qarab, kimgadir etadi, kimgadir etmaydi.
- Bizning oilaga etadi.
- Etmaydi albatta. Ayniqsa, yozda.
- Menimcha, hozirgi kunda ayniqsa etkazib bo`lmaydi.
- Etmaydi, o`zimiz oyiga 400 yoki 500 ishlatamiz.