Xorazm viloyati Urganch shahridagi Thermo Plus savdo belgisi ostida bazalt izolyasiya mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan Khorezm Insulation Group korxonasining ishtiroki salmog`i bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida AOV vaillari hamda blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Jurnalist va blogerlarga ishlab chiqarish boshlanganiga ko`p vaqt bo`lmagan bo`lsa-da, bazalt toshidan yilliga 30 ming tonna izolyasiya plitalari ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu korxona O`zbekiston va jahon bozorlariga o`z mahsulotlarini taqdim etishni boshlagani va shu tariqa Rossiya hamda qo`shni davlatlarga 10 million dollarlik eksport qilish imkoniyati yaratilayotgani ma`lum qilindi.
Ta`kidlanishicha, korxonada asosiy e`tibor ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlari bo`yicha jahon standartlariga mos bo`lishiga qaratiladi. Loyihaning umumiy qiymati 41 million evroni tashkil qiladi. Korxonaning aynan Xorazm viloyatida tashkil etilishining asosiy sabablari esa mahalliy aholiga bo`sh ish o`rinlarini yaratish va viloyatning resurs potensialini oshirishdir.
Ishlab chiqarish uchun bazalt xomashyosi Qoraqalpog`iston Respublikasining Qoratau tog`idan olinishi bunga qo`shimcha qulaylik yaratadi. Germaniya, Turkiya va Rossiya davlatlaridan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ushbu korxonada hozirda mahalliy aholi uchun 200 ta yangi ish o`rinlari tashkil qilingan. Ularning yuqori ruhda ishlashi uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilgan, bunga misol qilib, xodimlar malakasini oshirish uchun chet ellik mutaxassislar tomonidan o`quv treninglari tashkil etilgan. Loyihani amalga oshirish ishlari 2021 yilda boshlangan, 2024 yilning fevral oyi oxirida Prezident Shavkat Mirziyoev korxonaga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi.
Press-tur davomida mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlarini yaqindan kuzatishdi, xodimlar bilan tanishib, etakchi mutaxassislar bilan suhbatlashishdi. Mahsulotlar sifati qay darajada sinchkovlik bilan tekshirilishini o`z ko`zlari bilan ko`rishdi.
Press-tur dasturida belgilangan yana bir manzil — bazalt izolyasiya mahsulotlaridan foydalangan holda qurilayotgan Yangi O`zbekiston massivlari, maktab hamda maktabgacha ta`lim ob`ektlari bo`ldi. Jurnalistlar va blogerlar qurilish ishlari bilan tanishib, mutaxassislardan o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Aytish joizki, bazalt izolyasiya plitalari o`ziga xos texnik xususiyatlarga ega bo`lib, analogik mahsulotlardan tubdan farq qiladi. Asosiy afzalliklari esa uning yuqori issiqlik saqlash xususiyati va uzoq yillar davomida o`z tarkib va xususiyatini yo`qotmasligi, elektr energiyasini tejashidir.
Ma`lumotlarga ko`ra, bazalt izolyasiya plitlari bilan qoplangan bino teng yarim, ya`ni 2 baravar kam elektr sarflaydi. Qishning sovuq kunlarida isitish tizimlariga va yoz kunlarida sovitish tizimlariga bo`lgan talabni sezilarli darajada qisqartiradi.
Korxona hozirgi kunda nafaqat tijorat qurilish ob`ektlari uchun, balki aholi uy-joylari uchun ham o`z mahsulotlarini etkazib berishni boshlab yuborgan.
Qayd etish joizki, bugun bu erda mavjud bo`lgan ishlab chiqarish salohiyati korxonaning yuksak ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlaydi.
Khorezm Insulation Group axborot xizmati
Reklama