AQSh elchixonasi viza suhbatini belgilash jarayoniga o`zgartirish kiritdi

09.06.2024 07:43

O`zbekistondagi AQSh Elchixonasining xabariga ko`ra, viza murojaatchilari 10 iyundan ishga tushadigan yangi xizmat yordamida viza bo`yicha ma`lumotga ega bo`lish, talab etilgan viza uchun ma`muriy to`lovni amalga oshirish, viza bo`yicha suhbat sanasini belgilash hamda etkazib berish xizmatidan foydalanish imkoniyatlari mavjud bo`ladi.

“Yangi vizaga murojaat etish jarayoni orqali, murojaatchilar har qanday talab etiladigan viza murojaati uchun ma`muriy to`lovni, suhbat sanasini belgilashdan avval amalga oshiradi”, – elchixona xabarida. 

Viza murojaatchilari viza uchun ma`muriy to`lovni amalga oshirishlari uchun quyidagi tanlovlarga ega bo`ladilar:

“Tenge Bank”ning barcha filiallarida naqd pul orqali (To`lovlar AQSh elchixonasida qabul qilinmaydi).

Veb-saytda AQSh dollarida plastik karta orqali.

Elchixona xabariga ko`ra, yangi suhbat tizimi 10 iyundan https://ais.usvisa-info.com/ veb-saytida, 2 iyuldan boshlab barcha noimmigrasion viza suhbatlari sanasini belgilash uchun faoliyat yurita boshlar ekan.

Yangi suhbat tizimi orqali, suhbatsiz vizaga murojaat etish talablariga javob beruvchi murojaatchilar, etkazib berish xizmati yordamida hujjatlarini Konsullik bo`limiga topshirishlari hamda hujjatlarini belgilangan tegishli bo`linmadan qabul qilib olishlari mumkin bo`ladi.

AQSh Davlat Departamentining avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari, belgilangan sanada viza suhbatiga kelishlari va viza uchun to`lovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari kerak bo`ladi.

Viza uchun ma`muriy to`lov miqdori o`zgarmaydi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар