O`zbekistonda yana bir xalqaro mukofot ta`sis etildi

05.06.2024 09:02

Prezidentning «Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta`sis etish to`g`risidagi» qarori e`lon qilindi. 

Qarorga ko`ra, xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta o`tkazilib, quyidagi yo`nalishlarda g`oliblari aniqlanadi:

- o`zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

- o`zbek adabiyotining she`riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

- o`zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

- xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o`zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;

- xorijiy tillarda yaratilgan she`riy asarlardan o`zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;

- xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o`zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.

Xalqaro mukofot g`oliblarining har biri maxsus diplom, ko`krak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар