Jahon savdo tashkilotining ma`lum qilishicha, 24 may kuni bo`lib o`tgan O`zbekistonning a`zo bo`lish bo`yicha tuzilgan Ishchi guruhining sakkizinchi yig`ilishida a`zo davlatlar vakillari O`zbekistonning JSTga qo`shilish yo`lidagi sa`y-harakatlarini yuqori baholagan.
O`zbekiston Bosh vazirining o`rinbosari Jamshid Xo`jaev JSTga a`zo bo`lish bo`yicha tuzilgan idoralararo Komissiya raisi sifatida delegasiyaga rahbarlik qilgan.
“O`zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish yo`lida ildam harakatlanmoqda, buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. O`zbekiston 2026 yilda Kamerunda bo`lib o`tadigan 14-Vazirlar konferensiyasigacha JSTga a`zo bo`lish niyatida”, – degan J.Xo`jaev.
Ishchi guruh raisi, Koreya Respublikasi vakili Yun Seong Deok O`zbekistonning muzokaralardagi muvaffaqiyatini yuqori baholab, a`zolik jarayoni yangi bosqichga ko`tarilganini ta`kidlagan.
Delegasiya tarkibida ishtirok etgan O`zbekiston adliya vazirining o`rinbosari Alisher Karimov 7-yig`ilishdan keyin O`zbekistonda kompaniyalarni ro`yxatdan o`tkazish uchun davlat bojlari, intellektual mulk huquqlari, texnik to`siqlarni JST qoidalariga moslashtirish bo`yicha bir qancha huquqiy hujjatlar qabul qilinganini ta`kidlagan.
“Ikki tomonlama va ko`p tomonlama yo`nalishlar bo`yicha hamkorlik qadamlari sezilarli darajada yaxshilandi”, – degan uchrashuvni baholagan Komissiya raisi Yun Seong Deok.
Yig`ilish yakunida O`zbekiston va a`zo davlatlarga shu paytgacha erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va bozorga chiqish bo`yicha kelishuvlar tuzish topshirilgan.