«Toshkent City»dagi uchta yirik bank binosi sotuvga qo`yiladi

30.05.2024 08:58

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Asakabank» AJ, «O`zsanoatqurilishbank» ATB va AT «Aloqabank»ga tegishli «Toshkent City» hududidagi yangi ko`p qavatli binolarini ommaviy savdolar orqali sotilishini e`lon qildi.

Mazkur savdo jarayoniga xalqaro «KPMG» kompaniyasi konsultant sifatida jalb qilingan.

Davaktiv agentligi mazkur sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda tijorat banklari (aktiv egalari) va konsultant harakatlarini muvofiqlashtiradi.

“Savdo jarayonlarining mazkur bosqichida, konsultant tomonidan investorlarning mazkur aktivlarni sotib olishga bo`lgan qiziqishlari o`rganiladi. Bozordagi ushbu Biznes markazlarini sotib olishga bo`lgan qiziqishini o`rganish, KPMG tomonidan Aktivlar to`g`risida tayyorlangan investision tizerlarni sohadagi investorlarga, shu jumladan xalqaro investorlarga yuborish va ular bilan individual muloqotga kirish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, – deyiladi xabarda.

Sotuvga qo`yilgan ushbu uchta bino ham «premium toifadagi bank ofis binolari» hisoblanib, jam 339 million dollarga baholangan. «O`zsanoatqurilishbank» ob`ekti 137 million dollar, «Asakabank»niki 102 million dollar, «Aloqabank»niki 100 million dollarga baholangan. Ushbu loyihalarga banklar o`z mablag`larini kiritgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар