O`zbekiston va Rossiya hamkorligi qat`iyligi tasdiqlandi

27.05.2024 15:02

Ko`ksaroy qarorgohida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Unda davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Rossiya Prezidenti qayta saylanganidan so`ng ilk xorijiy tashriflaridan birini aynan O`zbekistonga amalga oshirayotganini alohida ta`kidlagan.

Uchrashuvda O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning o`sishi barobarida qo`shma loyihalar portfeli 45 milliard dollarni tashkil etgani ham qayd etildi.

Etakchi korxonalarning qo`shma loyihalarini qo`llab-quvvatlash maqsadida Qo`shma investisiya platformasini ishga tushirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, etakchilar energetika, shu jumladan atom energetikasi, qishloq xo`jaligi, innovasiyalar, migrasiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.

Ta`lim va muhandis kadrlarni tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida e`tibor qaratilgan. O`zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo`yicha kelishuvlarga erishildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар