Antikorrupsiya agentligi vakolatsiz tashkilotlarda qonun buzilishlarini aniqlagan

16.05.2024 16:32

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 8,1 mlrd so`mlik davlat xaridlarining qonunchilikka zid amalga oshirilishi oldi olinganini hisobot tarzida ma`lum qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 19 ta holatda jami 8,1 mlrd so`mlik quyidagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, bekor qilingan:

➖Farg`ona tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligidagi 923,2 mln so`mlik;

➖G`ijduvon tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi buyurtmachiligidagi 878,1 mln so`mlik;

➖Urganch tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi  632,4 mln so`mlik;

➖Qarshi irrigasiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik lisey buyurtmachiligidagi 396,9 mln so`mlik;

➖Buvayda tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 396,0 mln so`mlik;

➖Surxondaryo 2-son viloyat perinatal markazi buyurtmachiligidagi 306,0 mln so`mlik;

➖Surxondaryo viloyat fiziatriya klinik shifoxonasi buyurtmachiligidagi 205,0 mln so`mlik;

➖O`zbekiston mahallalari uyushmasining Qumqo`rg`on tumani bo`limi buyurtmachiligidagi 182,8 mln so`mlik;

➖Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali buyurtmachiligidagi 177,5 mln so`mlik;

➖Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti buyurtmachiligidagi 175,0 mln so`mlik;

➖Xiva shahridagi 56-sonli ayrim fanlar chuqur o`qitiladigan sinflari mavjud umumiy o`rta ta`lim maktab-internati buyurtmachiligidagi 169,0 mln so`mlik;

➖Konimex tuman madaniyat va turizm bo`limi buyurtmachiligidagi 140,0 mln so`mlik;

➖Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi huzuridagi kompetensiyani rivojlantirish instituti buyurtmachiligidagi 120,0 mln so`mlik;

➖Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 108,2 mln so`mlik;

➖Yoshlar ishlari agentligining Sharof Rashidov tumani bo`limi buyurtmachiligidagi 100,5 mln so`mlik;

➖Farg`ona shahar hokimligi buyurtmachiligidagi 89,3 mln so`mlik;

➖Konimex tumani madaniyat bo`limi-tuman madaniyat va aholi dam olish markazi buyurtmachiligidagi 71,0 mln so`mlik davlat xaridlarida manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilgan.

Shuningdek:

➖“Mikrokreditbank” Surxondaryo viloyat filiali buyurtmachiligidagi 1,84 mlrd so`mlik;

➖Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi buyurtmachiligidagi 1,2 mlrd so`mlik davlat xaridlarida o`zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarining hududlar kesimida:

Surxondaryo viloyati - 5 ta
Farg`ona viloyati - 3 ta;
Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri - 2 tadan;
Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlari - 1 tadan.

Sohalar kesimida esa ta`lim va sog`liqni saqlashga 5 tadan, mahalliy hokimlik va tizim tashkilotlariga 3 ta, bank-moliya va madaniyatga 2 tadan, transport va yoshlarga 1 tadan taalluqlidir.

Agentlikning taqdimnomalariga asosan mazkur davlat xaridlari bo`yicha xarid komissiyasining g`olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilingan.

Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga oid to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgani aytilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар