Unda rag`batlantirish bo`yicha quyidagi ijodkorlar mukofotlandi:
— “Xitoy haqidagi eng yaxshi reportaj uchun” nominasiyasi g`olibi –Xitoyning “CGTN Russkiy” va Ozarbayjonning “CBC” telekanallarining O`zbekistondagi maxsus muxbiri Barchinoy Juraeva.
— “O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi kontent uchun” nominasiyasi g`olibi – “O`zbekiston” jurnali bosh muharriri Asadbek Bobojanov.
— ”O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi munosabatlarning yanada kengayishini ta`minlashga bag`ishlangan eng yaxshi material uchun” nominasiyasi g`olibi – O`zbekiston Milliy axborot agentligi etakchi muharriri Behruz Xudoyberdiev.
“Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominasiyasi g`olibi:
— “Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi (gazeta bosh muharriri Hamza Abdullaev)
“Ma`naviyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg`ulari targ`ib etilgan eng yaxshi materiallar uchun” nominasiyasi g`olibi:
— Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi televidenie guruhi ikkinchi darajali muharriri Shohsanam Komilova.
“Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominasiyasi g`olibi:
— “Yangi O`zbekiston” gazetasi muxbiri Gulchehra Durdieva.
“Davlat tilini rivojlantirishga bag`ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun” nominasiyasi g`olibi:
— O`zFA O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov.
“Milliy urf-odat va an`analarimiz aks etgan eng yaxshi materiallar uchun” nominasiyasi g`olibi:
— “Jizzax ovozi” gazetasi tahririyati jamoasi (gazeta bosh muharriri Said Donishev).
“Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominasiyasi g`olibi:
— “Hurriyat” gazetasining Surxondaryo viloyati bo`yicha muxbiri Safar Omonqulov.
“Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominasiyasi g`olibi:
— “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari muxbiri Oksana Kadsheva .
“Vatanimiz tarixiga bag`ishlangan eng yaxshi ko`rsatuvlar uchun” nominasiyasi g`olibi:
— “O`zbekiston tarixi” telekanali katta muharriri Dilbar Qosimova.
“Inson huquqlari va ijtimoiy hayotimiz bilan bog`liq dolzarb mavzulardagi materiallar uchun” nominasiyasi g`olibi:
— “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati ijodiy jamoasi (jurnal bosh muharriri Erkin Ernazarov).
“Eng yaxshi fotoreportaj uchun” nominasiyasi g`olibi:
— Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi media markazi bosh mutaxassisi Muhiddin Alimbaev.
“Publisistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominasiyasi g`olibi:
— Mualliflar jamoasi (Oybek Sultonov).
“Eng faol tele va radio boshlovchi” nominasiyasi g`olibi:
— “O`zbekiston” teleradiokanali katta muharriri Surayyo Mansurova.
Tanlovning bosma nashrlar yo`nalishi bo`yicha g`oliblari:
1-o`rin — “Jadid” gazetasi bo`lim mudiri Shoyim Bo`taev.
2-o`rin — “Narodnoe slovo” gazetasi mas`ul kotibi Nurlan Usmonov.
3-o`rin — “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov.
Tanlovning internet nashrlari yo`nalishi bo`yicha g`oliblari:
1-o`rin — O`zbekiston Milliy axborot agentligi markaz boshlig`i o`rinbosari Ikrom Avvalboev.
2-o`rin — “Kun.uz” veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shuhrat Shokirjonov.
3-o`rin — “Dunyo” AA tahririyati xizmat boshlig`i Nargis Saidalieva.
Tanlovning radio yo`nalishi bo`yicha g`oliblari:
1-o`rin — “Mahalla” radiokanali “Ma`naviy-ma`rifiy, ko`ngilochar va musiqiy dasturlar” muharririyatining bo`lim mudiri Umida G`afforova.
2-o`rin — “Qoraqalpog`iston” radiokanali “Jamiyat-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari” bosh muharririyati muharriri Qundz Jumag`alieva.
3-o`rin — “O`zbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri Shoira Umrzoqova.
Tanlovning televidenie yo`nalishi bo`yicha g`oliblari:
1-o`rin — “Sevimli” telekanalining “Zamon” informasion dasturi muxbiri Elyor Go`ro`g`liev.
2-o`rin — “O`zarxiv” agentligi matbuot kotibi, “Arxivarius” ko`rsatuvi muallifi va boshlovchisi Anvarjon Aliev.
3-o`rin — “Renessans TV” telekanali bosh muharriri Jasur Rahmon.
Tanlovning “Chet ellik jurnalistning O`zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominasiyasi g`oliblari:
1-o`rin — Tojikiston maorif vazirligining O`zbek tili hay`ati rahbari, Tojikistonda o`zbek tilida chop etiladigan “Ustoz”, “O`quvchilar”, “Sirdosh” gazetalari va “Kichkintoy” jurnali rahbari Sulaymon Ermatov.
2-o`rin — “TASS” axborot agentligining O`zbekistondagi muxbiri Valeriy Biryukov (Rossiya Federasiyasi).
2-o`rin — “The Economic Times” gazetasining diplomatik muharriri Dipanjan Roy Chaudhuri (Hindiston).
2-o`rin — “The Hill” gazetasining jamoatchi muxbiri Jeyms Durso (AQSh).
2-o`rin — “Euronews” telekanali muxbiri Galina Polonskaya (Fransiya).
O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasining qo`shimcha rag`batlantiruvchi nominasiyalari g`oliblari:
— Xalqaro press-klub muxbiri Umid Pirboev.
— Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati (Axborot xizmati boshlig`i Bobur Tulyaganov).
Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning Bosh milliy mukofoti g`olibi:
— “UzReport TV” telekanali jamoasi (telekanal direktori Ravshan Jo`raev).