Yaqinda xonanda va aktyor Anvar Sobirov O`zbekiston mahallalari uyushmasi mahallalarda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etish bo`limi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Aslida, bu an`anani birinchi bo`lib O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshlab bergan edi.
San`atkorlarning yuqori tashkilotlarga rahbar bo`lishiga aholining fikri qanday?
Rost24.uz ushbu mavzu bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rgandi.
Javoblar:
- Balki siyosat tomonlama ularda bilim bordir, lekin hamma o`zining ishini qilgani yaxshi.
- O`zlarining tashkilotiga rahbar bo`lishi mumkin.
- Shu sohaning o`zini ichidan chiqqan shaxs, aynan shu sohaga rahbar bo`lgani yaxshi.
- Fikrimcha, hamma o`zini ishini qilgani ma`qul, rahbar bo`lishdan oldin, shu yo`nalish bo`yicha bilim salohiyati etarli bo`lsa yomon tomoni yo`q.
- Hamma joyda o`z mutaxassisi bo`lgani yaxshi.
- San`atkorlar madaniyatli bo`lsa rozi bo`lardim, bo`lmasa yo`q.
- Xohlamayman, ularning yuqori tashkilotga rahbar bo`lishini.
- San`atkor san`at bo`yicha o`qiydi, davlat ishida etarli bilimga ega bo`lishmaydi, shuning uchun hamma narsaning mutaxassisi bo`lgani yaxshi.
- Agar eplasa qilsin.
- Mening fikrimcha, ular davlat ishlarini yaxshi tushunmaydi, keyinchalik bunda xatoliklarga yo`l qo`yishlari mumkin.
- Bu san`atkorlarning qachon faoliyat boshlaganiga bog`liq.
- Soha ichida yurgan odam, undagi kamchiliklarni ham yutuqlarni ham biladi.
- Hamma o`zini ishini qilgani yaxshi, ularga to`g`ri kelmaydi, to`g`risi.
- Bunga to`g`ri qarayman, chunki bilimi bormi, har bitta inson rahbar bo`lsa arziydi.
- Yo`nalishi bo`yicha mutaxassisligini egallagani yaxshi deb o`ylayman.
Hozirgi rahbar bo`lgan san`atkorlar o`z vazifalarni yaxshi bajarishyaptimi?
- Taniganlarimdan faqat Ozodbek Nazarbekov bor, ularni ba`zida kuzatib turaman, menimcha yaxshi.
- Chumchuq so`ysa ham qassob so`ysin, hamma o`zini qilgani yaxshi.
- Faoliyatini yaxshi bilmayman, menimcha yaxshi.
- Ayrimlari yaxshi, ayrimlari esa unchalik emas. Chunki san`atkorlarning ham har xili bor-da.
- Bitta insonga bog`liqmas menimcha, rahbar bo`ladimi, baribir atrofdagilarga ham bog`liq.
- San`atkor o`z sohasida ishlashi kerak.
- Qo`ldan kelgancha qilishyapti.