Davlat ulushi bo`lgan yirik mehmonxona, markaziy dorixona, stomatologiya xizmat ko`rsatish ob`ektlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sotuvga qo`yilgan.
Xususan, «Markaziy ippodrom», «Dori-darmon» aksionerlik jamiyati, «Respublika stomotologiya poliklinikasi» davlat unitar korxonasi, «Shahar mehmonxonasi» MChJ kabi yirik ob`ektlar sotilmoqda. Ular bilan bir qatorda yana 100 ga yaqin davlat ulushi bo`lgan, turli viloyatlarda joylashgan ijtimoiy soha, turizm va farmasevtika yo`nalishidagi tadbirkorlik majmualari ham sotilmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytida sotuvga chiqarilgan mazkur muassasalar qachon ochiq sotuvga qo`yilgani haqida ma`lumot yo`q.