Migrasiya agentligi Rossiya va Turkiya bo`yicha ogohlantirmoqda

27.03.2024 14:19

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiyadagi O`zbekiston fuqarolari va Turkiyaga borayotganlarga tavsiya bermoqda.

Agentlik Rossiyadagi yurtdoshlarimizdan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so`rab, bir qancha tavsiyalarni bergan.

Shaxsni tasdiqlovchi va mamlakatda bo`lish yoki ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni o`zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylariga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik tavsiya qilinadi”, – deyiladi agentlik xabarida.

Migrasiya agentligining xabariga ko`ra, bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ham ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qat`iy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu amaliyot doirasida Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilganligi kuzatilayotgan ekan.

Gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o`tishga uringan shaxslar “Turkiyaga kirishi istalmagan yo`lovchi” sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda”, – deyiladi agentlikning Turkiya bo`yicha bergan ogohlantirishida.

Jumladan, joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar O`zbekiston fuqarolaridan 54 nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib, kirishiga taqiq qo`yilganlarni tashkil etgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар