Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligining "Ko`p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish" elektron platformasi IShID jangarilari tomonidan buzib kirilgan.
www.rd.ms.uz havolasi orqali kiriladigan tizimga "Sizning tizimingiz IShID tomonidan buzilgan. Biz shu erdamiz" deya yozib qoldirilgan.
Mazkur platforam hozircha ishlamayapti.
“Ko`p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish” elektron platforma – ulush kiritish asosida qurilish haqidagi ma`lumotlarni yuritish uchun zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan va vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan elektron ma`lumotlar bazasi hisoblanadi.
IShID tomonidan buzib kirilgan mazkur elektron platformada quyidagi ma`lumotlar saqlanadi:
qurilish maydonchasi joylashgan qurilish majmuasi to`g`risida ma`lumot (turar-joy binolari va kvartiralarning soni, muhandislik, yo`l va ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari, shuningdek loyihaning yordamchi ob`ektlari to`g`risida ma`lumot);
Har bir qurilish ob`ekti uchun shartnoma haqida ma`lumot (seriya raqami, tuzilgan sana, o`zgartirish va qo`shimchalar, tugatish));
Ishlab chiquvchi va qurilish pudratchisi (bosh pudratchi)haqida ma`lumot;
Muammoli qurilish maydonchalari va vijdonsiz quruvchilar haqida ma`lumot.