Endi moped va skuterlar uchun ham alohida davlat raqami belgilari joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan moped va skuterlarga egalik qilish uchun salkam 1 million qo`shimcha to`lov qilish belgilanmoqda (Texnik ko`rikdan tashqari. Texnik ko`rikning eng arzoni 1,7 million so`m).
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Foydalanishda bo`lgan moped yoki skuterlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish bo`yicha vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” qarori loyihasi qo`yildi.
Yo`l harakati xavfsizligi sohasidagi davlat xizmatlarini ko`rsatishda fuqarolarga qo`shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida, vaji bilan qabul qilinayotgan qaror loyihasiga ko`ra, 1 iyuldan boshlab moped va skuterlar uchun ham davlat raqami belgilari joriy qilinadi.
Qarorda “Moped yoki skuterlarni ro`yxatdan o`tkazish hamda ularga ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini va ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomalarni berish uchun undiriladigan to`lovlar Ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-sonli (ro`yxat raqami 2303) buyrug`ida mototransport vositalari uchun belgilangan summada amalga oshiriladi”, deyilgan.
Mazkur buyruq bo`yicha ro`yxatdan o`tkazish, davlat raqami va guvohnomalarni berish narxlari quyidagicha belgilab berilgan:
- Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari berish BHMning 1,75 baravari miqdorida – 595 ming so`m;
- Ro`yxatdan o`tkazish BHMning 10 foizi – 34 ming so`m;
- Avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risida guvohnomani berish uchun BHMning 70 foizi – 238 ming so`m;
- Sotish uchun bir dona ma`lumotnoma berish BHMning 10 foizi – 34 ming so`m.
Bitta skuter yoki mopedga egalik qilish uchun enda jami 901 ming so`m to`lov qilish lozim bo`ladi.
Qarorda texnik ko`rik ham aytilgan. Majburiy texnik ko`rikning eng arzon narxi BHMning 5 barobari etib belgilangan. Ya`ni 1,7 million so`m.
Mazkur vaqtinchalik nizom joriy yil 31 dekabrgacha amal qilishi va 2025 yil 1 yanvardan boshlab ro`yxatga olinmagan bu turdagi transport vositalaridan foydalanish amaldagi qonunchilik talablari asosida taqiqlanishi ham belgilab qo`yilgan.
Dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini olish uchun quyidagi soddalashtirilgan tartib belgilanmoqda: