O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi «Kelajak liderlari» maxsus malaka oshirish dasturiga jalb qilingan 50 nafar iqtidorli yosh davlat xizmatchilari ro`yxatini taqdim qildi.
Yosh ko`rsatgichi 31 yosh etib belgilangan ushbu 50talik hududlar kesimida quyidagicha ko`rinish olgan:
Qoraqalpog`iston Respublikasi: 3
Andijon viloyati: 3
Buxoro viloyati: 3
Sirdaryo Viloyati: 1
Surxondaryo viloyati: 2
Samarqand viloyati: 3
Qashqadaryo viloyati: 2
Jizzax viloyati: 3
Navoiy viloyati: 2
Namangan viloyati: 4
Farg`ona viloyati: 5
Toshkent viloyati: 4
Xorazm viloyati: 2
Toshkent shahri: 2
Respublika miqyosidagi tashkilotlar: 11
E`tiborli jihati, mazkur ro`yxatdan o`rin olganlarning 15 nafari ayol-qizlardan tashkil topgan.