Professor To`xtasin Soliev tavalludining 90 yilligiga bag`ishlangangan anjumanda Sog`liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o`qituvchilari, O`zbekiston revmatologlar assosiasiyasi a`zolari, talaba-yoshlar hamda jorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.
Ta`kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bemorlarga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish imkoniyati yaratilib, odamlar hayotini engillashtirish uchun muhim echimlar topilmoqda.
Professor To`xtasin Soliev O`zbekistonda revmatologiya xizmati asoschisi sanaladi. Shu bois, uning ulkan xizmatlari soha xodimlari tomonidan e`tirof etib kelinadi.
Tadbirda O`zbekistonda revmatologik ortopediyaning rivojlanishi borasida batafsil so`z yuritildi. Xorijlik hamda mahalliy shifokorlar tomonidan dolzarb mavzularda ma`ruzalar qilindi.