2025 yil 1 martdan boshlab yoshga doir pensiyalar fuqarolarning murojaatisiz (avtomatik) tayinlanadi
2025 yil 1 martdan boshlab:
- pensiya yoshiga etgan fuqarolarga pensiyalar avtomatik tarzda, ya`ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi;
- fuqaroning shaxsiga oid barcha ma`lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.
Ushbu qulayliklarning yo`lga qo`yilishi natijasida:
- fuqarolardan pensiya tayinlashda qo`shimcha hujjatlar yig`ish uchun Pensiya jamg`armasining hududiy bo`linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.
- pensiya yoshiga etgan fuqaroning telefon raqamiga pensiya tayinlanganligi va uning miqdori to`g`risida ma`lumot yuboriladi.
Shuningdek, pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida bo`lgan yoki pensiya miqdoridan norozi bo`lgan fuqarolarga avtomatik tayinlangan pensiyani to`xtatish huquqi berilmoqda.
Fuqaroga avtomatik pensiya tayinlanganligi yoki pensiya tayinlanishi rad etilganligi haqida SMS xabar yuboriladi.
Fuqaro pensiya tayinlanganidan, pensiya miqdoridan yoki pensiya tayinlanishi rad etilganidan norozi bo`lgan taqdirda, Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ma`lumot uchun, 2020 yil 1 yanvardan boshlab mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi elektron shaklda to`ldirilishi belgilangan edi.