Endi amaldorlar faoliyati baholanadi

15.03.2024 16:03

"Samaradorlik.uz" da amaldorlar faoliyati onlayn baholab boriladi. Faoliyati "qoniqarsiz" deb baholangan amaldorlar ishdan bo`shatilishi ham mumkin. 

"Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo`jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. 

Unga ko`ra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo`jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o`rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko`rsatkichlari (KRI), ularga erishish bo`yicha “yo`l xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.

"Samaradorlik.uz" platformasida har bir samaradorlik ko`rsatkichiga belgilanadigan salmoq o`lchovi yig`indisidan kelib chiqib, samaradorlik ko`rsatkichlari ular bajarilishi 70 foizdan kam bo`lganda – “qoniqarsiz”, 70 foizdan 85 foizgacha – “qoniqarli”, 85 foizdan 100 foizgacha – “yaxshi” hamda 100 foiz va undan yuqori bo`lganda “a`lo” deb baholanadi. 

Baholash natijasiga ko`ra, faoliyati "qoniqarsiz" deb baholangan rahbarlar va ularning o`rinbosarlariga rag`batlantirish to`lovlari kelgusi 3 oy uchun to`xtatiladi va ularga nisbatan intizomiy ta`sir choralarini qo`llash masalasi, yil yakunida esa faoliyatida o`zgarish bo`lmagan amaldorlarning o`z mansabiga loyiq yoki loyiq emasligi ko`rib chiqiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар