O`zbekistonning kriptovalyutasi ishlab chiqiladi

13.03.2024 08:45

Tether  kompaniyasi O`zbekistonning raqamli valyutasini ishlab chiqishga ko`maklashish uchun O`zbekiston  bilan blokcheynga asoslangan P2P telekommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha hujjat imzolaganini ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, Tether "peer to peer" va blokcheyn texnologiyalarini joylashtirish uchun O`zbekistonni markaz sifatida tanlagan va O`zbekiston istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan o`zaro anglashuv memorandumi imzolagan.

Unda bu hamkorlik O`zbekiston hududida blokcheyn texnologiyasi, jumladan, stabilkoinlarni ishlab chiqish, joriy etish hamda raqamli aktivlarni tokenizasiya qilishni o`rganish va rag`batlantirishga asoslangan.

Shuningdek, Tether O`zbekistonda kriptoaktivlar uchun qonunchilik bazasi va tartibga solish siyosatini shakllantirishda, O`zbekistonning raqamli valyutasini ishlab chiqish va joriy etishda yordam berishini ma`lum qilgan.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda kriptovalyutalarni sotish qat`iy cheklangan bo`lib, faqat O`zbekiston istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan, cheklovlarga amal qilgan holda amalga oshirilishi mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар