Aholi to`laydigan soliqlar hisobiga shakllantirilib davlatning muayyan sohasi rivoji uchun ajratiladigan davlat byudjeti qaerlarga sarflanadi? Aholi o`zlari to`laydigan soliqlardan shakllanadigan ushbu byudjet mablag`larini maqsadli sarflanishiga qanchalik qiziqadi?
Rost24 ushbu mavzuda jamoatchilik fikrini o`rgandi.
- Davlat byudjet mablag`lari qaerga ketishiga qiziqib ko`rganmisiz?
- Mansabdor shaxslar eydi-da uni.
- Ha, qiziqib ko`rganman.
- Yo`q, uncha qiziqmayman.
- Bilmasam, aniq bilmayman. Qanaqadir qismi xalqqa ketadi.
- Ehtiyojim bo`lmagan, qiziqmaganman.
- Siyosatga umuman qo`shilmayman.
- Ta`limga, tibbiyotga, mudofaaga.
- Ishim tushmagan.
- Davlat byudjeti oylik qilib beriladi.
- Menimcha, universitetlarga ketsa kerak.
- Shahrimizni obodonlashtishga.
- Ma`lum bir qismi korrupsiyaga ketadi.
- Yo`q, qiziqmaganman.
- Kerakli sohalarga ajratib chiqiladi.
- Sog`liqni saqlashni rivojlantirish uchun.
- Agar hammasi ajratilgan joyiga etib borsa, menimcha hammasi yaxshi bo`ladi.
- Bu mablag`lar ba`zi bir qo`shtirnoq ichidagi mansabdorlarning cho`ntagiga ketadi.
- Yo`q, chunki menga tegmaydi-ku.
- Davlat byudjet mablag`lari orqali rivojlanayotgan soha bormi?
- Rivojlanish bor, sekin-sekin.
- Tadbirkorlik, menimcha.
- Ta`lim bilan sog`liqni saqlash.
- Aylanadigan joylar, ko`ngilochar bog`lar.
- Ta`limga ko`p e`tibor berilmoqda.
- IT va sport sohasiga.
- Obodonlashtirish bo`lsa kerak.
- O`zi rivojlanayotgan soha bormi bizda?
- Turizm bo`lsa kerak ko`proq.
- Rivojlanayotganini ko`rganim yo`q.
So`rovnoma olish jarayonida davlat byudjeti qaerlarga sarflanishiga umuman qiziqib ham ko`rmaganman, degan javoblarni ham oldik. Sizning fikringiz qanday? Sizningcha, ushbu pullar qaerga sarflanadi?