Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga savol:
2020 yilda o`tkazilgan matbuot anjumanida eng kam oylik maoshi oladigan xodimlar aynan shu sohada ekanligini aytgan edingiz va qo`shimchasiga, bunday holatda korrupsion holat bo`lishi mumkinligini haqida ham fikr bildirgansiz. Oradan 4 yil o`tdi, bu holat o`zgardimi? Madaniyat sohasida korrupsiya qanchalik kamaydi?
O.Nazarbekov:
Bugun madaniyat sohasiga bir yilda ajratilayotgan mablag` ilgari o`nlab yilda ajratilmagan. Oxirgi yillarda bu sohaga juda katta e`tibor qaratilyapti, katta miqdorda mablag` ajratilyapti. Moddiy texnik bazamiz kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Judayam eskirib ketgan muammolar hal bo`lyapti. Hozirgi kunda madaniyat vazirligining oylik maoshlari boshqa vazirlik, idoralar bilan tenglashtirildi. Biroq, hududlarda oylik etishmovchiliklari hali ham mavjud. Bu oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri. Oxirgi yillarda oylik maoshlar ko`tarilishi, sohaga e`tibor qaratilishi, moddiy texnik baza mustahkamlanishi, tabiiyki, sohada korrupsiyaning kamayishiga sabab bo`lyapti. Madaniyat sohasida sohani yaxshi ko`rgani uchun yurganlar juda ko`p. Oylik ularni qiziqtirmaydi. O`ylaymanki, soha shular hisobiga albatta rivojlanadi.