O`zbekiston Milliy teleradiokmpaniyasi tarkibiga kiruvchi “Madaniyat va m`arifat” telekanali vazirlik tarkibiga o`tadi deyilgandi? Ushbu ishni oxiri nima bilan yakunlandi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rost24.uz muxbirining ushbu savoliga quyidagicha javob berdi:
“Bu erda o`ziga yarasha katta muammolar bor. Ya`ni bu muammolar madaniyat vazirligining tasarrufiga o`tkazishda bo`lyapti. "Madaniyat va ma`rifat" telekanali sizlarga berildi, deyilishi ham mumkin. Mojaroda turibmiz, shu sababdan ham bu vaziyat bir tomonli bo`lmayapti. U chastotani o`zini olganimiz bilan hech narsa qila olmaymiz. Bizga telekanal to`laqonli barcha imkoniyatlari bilan berilishi kerak. Bu ham katta masala, katta muammo. Shuning uchun bu hozirda jarayonda va oxirigi kelib qoldik. Natijaga yaqin qoldi", – dedi vazir Ozodbek Nazarbekov