O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2024 / hijriy 1445 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo`yicha qarorlari qabul qilindi. Unga ko`ra:
ZAKOT
Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40.000.000 (qirq million) so`m etib belgilandi.
Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) so`m va undan ortiq pul mablag`i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo`lsa, jami mablag`ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.
FITR
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
bug`doydan – 14 000 (o`n to`rt ming) so`m;
arpadan – 20 000 (yigirma ming) so`m;
mayizdan – 110 000 (bir yuz o`n ming) so`m;
xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so`m deb belgilandi.
Har kim o`z imkoniyatiga qarab ushbu to`rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo`ladi.
FIDYa
Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo`ladi. Har kim o`z imkoniyatiga qarab, ushbu to`rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.
O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.