Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasida Qo`mita rahbariyati A.Qayumov va F.Karabaev boshchiligida respublikamizda benzin importi savdosi bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar bilan sohadagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarni oshirish bo`yicha “ochiq muloqot” o`tkazildi.
Uchrashuvda sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, xususan avtomobil benzini importini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan tadbirkorlar quyidagi muammolarni aytib o`tishdi.
1. Avtomobil benzini importi bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlari uchun banklar tomonidan ajratilgan kredit yuklamasi yuqoriligi.
2. Logistika narxlari yuqoriligi, Rossiyadan Keles chegarasigacha bo`lgan masofa (1700 km) uchun bir tonnasi uchun 150 doll bo`lgan bir paytda ichki temir yo`l orqali tashish xizmati 8-10 km uchun 15-20 dollni tashkil etishi.
3. Import qilingan va Rossiya tomonidan benzin mahsuloti barcha standartlarga to`g`ri kelishi va sifati talabga javob berishi yuzasidan hujjatlar borligiga qaramay, respublikaga olib kirganda qo`shimcha majburiy sertifikatlashdan o`tkazish.
4. Import qilingan benzin mahsuloti uchun QQS to`lovini to`lash muddati qisqaligi.
5. Import qilish niyatida xorijiy davlatlarga pul mablag`larini o`tkazib berganda, ushbu mablag`lar geosiyosiy vaziyatlardan kelib chiqib taqiqlarga tushib qolgan vaqtlarda mahsulot o`z vaqtida etib kelmasligi kuzatilgan. Ayni shu davrda mahsulot relizasiya qilinmagan biroq mablag`lar o`tkazilganligi uchun soliqqa tortilishi holatlari.
6. Importyorlar katta hajmlarda benzin mahsulotini olib kirganda ularni saqlash uchun sig`imlar mavjud emasligi hamda mavjud bo`lgan sig`imlar ijarasi qimmatligi.
7. Importyorlar Turkmaniston davlatidan benzin mahsulotini xarid qilish jarayoni juda ko`p vaqtni talab qilishi, natijada aylanma pul mablag`lari muzlab qolishi.