BBS O`zbek xizmati jurnalisti IIBga chaqirilgan

29.02.2024 10:14

BBS O`zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safoning xabar berishicha, u Toshkent shahri Chilonzor tumani Ichki ishlar bo`limiga «suhbatga» chaqirilgan

«Meni «topish»dan avval milisiya xodimi ikki marta 68 yashar, nafaqadagi o`qituvchi opamni bezovta qilgan va Chilonzor tumani «RUVD»siga kelishini aytgan. Men opamga bormang dedim.

Qizig`i, men 2017 yildan beri Chilonzorda «propiska»da turmayman, «propiskam» Londondagi O`zbekiston elchixonasida», – degan I.Safo.

Jurnalistning ma`lum qilishcha, Chilonzor tuman IIB xodimi to`liq ism-sharifi va rutbasini aytishdan bosh tortgan. Xodim jurnalist internetda O`zbekiston haqida «negativ» yozgani uchun «Prezident administrasiyasi qoshidagi ommaviy axborot vositalarini monitoring qiluvchi markaz»dan topshiriq olganini aytgan. 

Jurnalistning aytishicha, milisiya xodimi «O`zbekiston hukumatini obro`sizlantirish» to`g`risidagi qonunga ishora qilgan, biroq bu qanday qonun ekaniga aniqlik kiritmagan.

BBS O`zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safoning xabar berishicha, u Milliy bog`dagi qurib qolgan ko`l va Magic City qurilishi haqidagi posti tufayli O`zbekiston ichki ishlar idoralariga «suhbatga» chaqirilgan. Jurnalistning yozishicha, bu uning Londondagi 20 yillik faoliyati davomida birinchi marta sodir bo`lmoqda.

Ibrat Safo o`z postida hech qanday ism-shariflar keltirmaganini, shunchaki vaziyat haqida «tadbirkor, sobiq hokim o`z og`zi bilan Magic City`ga egaligini» aytganidan keyin gapirganini bildirgan.

«Shundan norozi bo`lishibdi. Xodimning necha yoshligi yo jurnalistika borasidagi bilimini bilmayman, lekin u meni “patriot” bo`lmaslikda aybladi va bunday postlarni yozishni to`xtatishimni buyurdi. U o`zining "patriot" ekanini ham aytdi. Aynan qanday mavzularda yozishim mumkinligi haqida maslahat so`raganimda, javob bermadi. Qachon O`zbekistonga kelishimni bilishga uringanida, undan aviachipta so`raganim ham negadir unga yoqmadi. Endi shikoyatini Tashqi ishlar vazirligiga jo`natar ekan», — deb yozdi jurnalist suhbat BBC studiyasida yozib olinganini ta`kidlab.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар