Prokuratura xulosasiga asosan hukm chiqarilgan – Oliy sud raisi o`rinbosari

21.02.2024 14:08

Oliy sud raisi o`rinbosari Xorazmda mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlarga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishiga Prokuratura organlari xulosasini sabab qilib ko`rsatdi.

Ushbu sobiq amaldorlarga Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasining hukmi bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Ammo aybdorlar jazoni o`tash uchun qattiq tartibli qamoqxonaga emas, balki manzil-koloniyaga yuborilgan. Bu esa jamoatchilikda e`tirozlarga sabab bo`lgan edi. 

Kecha, 20 fevral kuni Oliy sud binosida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisi o`rinbosari Ikromjon Muslimov amaldorlarga nima uchun bunday engil jazo berilganini esa mavjud qonunlarimiz shuni taqazo etishi bilan izohladi:

“Qonunda birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan, uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir qilgan shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansa, uni manzil-koloniyasida o`tashi qat`iy belgilangan”, – dedi Oliy sud raisi o`rinbosari Ikromjon Muslimov.

Muslimovning so`zlariga ko`ra, jinoyatchilar jazoni manzil-koloniyada o`tayotganining sababi ular bu jinoyatni birinchi marta sodir etganligi ekan. 

Prokuratura organlari ularning harakatida bu alomatlar yo`q, deganidan keyin sudlarimiz e`lon qilingan ayb doirasida jazo tayinlashga majbur bo`ldi. Alohida ta`kidlamoqchimanki, e`lon qilingan ayblov doirasida maksimal jazo tayinlandi. Ularga qonunda belgilangan 3 yillik jazoni berdik”, – dedi Oliy sud raisi o`rinbosari.

Eslatib o`tamiz,  Xorazmda mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlar hozirda Samarqand viloyatidagi 37 va 38-manzil-koloniyalarda jazo o`tamoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар