Bizni aldashdi, hozir ham aldab kelishmoqda – Yangiyo`l aholisi

20.02.2024 11:17

Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani, Qirariq mahallasida 2017 yil namunali loyihalar asosida 246 ta uy qurilib, foydalanishga topshirilgan. Mahalladagi uylarni sotish jaryonida xaridorlarga ko`rsatilgan loyihada oilaviy poliklinika, davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti va bolalar o`ynashi uchun maxsus bolalar maydonchasi, ochiq stadion ham ko`rsatilgan. 

Lekin mahallada hujjatdagi bu ijtimoiy ob`ektlarning birortasi ham qurilmadi. 

Aholining aytishicha, davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti uchun ajratilgan er maydoni tadbirkorga xususiy bog`cha qurish uchun sotib yuborilgan. Aholi esa, xususiy bog`chaning narxi qimmat bo`lib ketishidan xavotirda. 

“Oilaviy poliklinika esa mahalladan 5-6 km uzoqlikda, ba`zan tez yordamda ham muammo bo`ladi. Bolalar maydonchasi uchun qurilish loyihasida 2 ta joy ajratilgan edi. Ulardan biri mahalla o`rtasida joylashgan bo`lib, hozirda u erda savdo majmuasi qurilgan”, – dedi murojaatchilar. 

Ikkinchisining o`rnida esa, aholining noroziligi sabab qurilishi to`xtab qolgan bino bor. Aholi loyihada ko`rsatilgan bo`sh turgan joyga mahalla guzari, yozgi stadion va bolalar maydonchasi qurish taklifini bergan. 

Ammo ushbu joy bo`sh ekanligi ma`lum bo`lgach, 2019 yilda Yangiyo`l tuman hokimining 4628-sonli qarori bilan sotib yuborilgan ekan. Maydon hozirda tadbirkorlar tomonidan alohida qilib o`rab qo`yilgan. Shuningdek, mahalla tashkil etilganiga unchalik ko`p bo`lmagan bo`lsa-da, ichki yo`llar ham umuman talabga javob bermaydi. 

Mahalla raisidan ushbu holatlar bo`yicha munosabat so`raganimizda, u ham hamma joyga murojaat qilganini, ammo hech qanday echim bo`lmayotganini aytib o`tdi. Mas`ullardan ushbu holatga e`tibor qaratishini so`rab qolamiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар