Maktabgacha ta`lim agentligi va Jahon banki hamkorligidagi loyiha natijalari

08.02.2024 10:04

2019-2023 yillarda Maktabgacha ta`lim agentligi va Jahon banki bilan hamkorlikda Samarqand va Namangan viloyatlarida "Ilk rivojlanish markazlar"i loyihasi tajriba sifatida amalga oshirildi. 

Loyihaning asosiy maqsadi bolaning yoshi va individual imkoniyatidan kelib chiqib, alohida individual va inklyuziv ta`lim olib borish edi. Ilk rivojlanish markazlarida dastlab maktabgacha ta`limga qamrab olinmagan va chekka qishloqlarda yashovchi maktabgacha ta`lim olish imkoniyatiga ega bo`lmagan bolalar bilan ishlanadi. 

Ushbu loyiha uchun Samarqand viloyatining Tayloq tumani ham tanlangan. Ilk rivojlanish markazlarida bugungi kunda 3 mingdan ortiq tarbiyalanuvchi ta`lim olmoqda. 2022-2023 yillarda 20 nafar alohida ta`limga ehtiyoji bo`lgan bolalar o`zlari tengi bolalar bilan oddiy maktabga bormoqda. 

Maktabgacha ta`lim tizimida chekka hududlardagi kadrlar masalasi ko`p hollarda muammo bo`ladi. Loyiha doirasida oliy toifali pedagoglarni jalb qilish holatlariga e`tibor berildimi yoki o`sha chekka hududda tanlangan muassasa xodimlari qayta o`qitildimi?

"Maktabgacha ta`lim tizimida 162 mingta pedagog ishlaydi. 162 mingtani 56 mingtasi nodavlat sektorda ishlaydi. Davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida 116 mingta pedagog faoliyat yuritadi. 116 mingtani 34 foizigina oliy ma`lumotli, qolgan 66 foizi o`rta-maxsus mutaxassislikka ega. Loyiha doirasida 14 mingta ro`yxatni shakllantirayotganda birinchi o`rinda eng olis tog`li hududlar maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi pedagoglarimizni qamrab olishga harakat qildik. Lekin 14 mingta deganiyam 10 foiz, agar Samarqand viloyati misolida oladigan bo`lsak ham, 10 foiz pedagogni qisqa malaka oshirish kurslariga jalb qildik", dedi Maktabgacha ta`lim agentligi direktor o`rinbosari Oyatulla Rahmatullaev.

Maktabgacha ta`lim tizimida ko`p ijobiy o`zgarishlar bo`lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyalanuvchilarning bolalarni kaltaklagan holatidagi videolari tarqaladi. Bu holatlar nega Samarqand viloyatida ham tez-tez uchrab turadi? 

Bu savolga Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi boshlig`i Farruh Boltaev "Har bir bunday holatlarni tahlil qilamiz. Ta`lim muassasalarida ushbu holatlar takrorlanmasligi bo`yicha seminarlar o`tamiz. Bunday holatlar 2023 yilda Samarqand viloyatida 3 tani tashkil etgan", deya javob berdi.

Bundan tashqari, mas`uldan sohadagi mutaxassislar barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi menyular Toshkent shahriniki bilan bir xil, degan edi. Ushbu gaplar qanchalik haqiqatga yaqin, deb so`radik. Mas`ul Maktabgacha ta`lim agentligi tomonidan yagona 3 ta menyu taklif etilganini va maktabgacha ta`lim muassasalari o`zlariga ma`qul menyuni tanlab olishi mumkinligini ham aytib o`tdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар