Turkiyada daxshatli zilzila sodir bo`lganiga 1 yil to`ldi

06.02.2024 17:09

2023 yil 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Kahramanmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo`lgandi. 

Bugun 53 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo`lgan dahshatli zilzilalar bo`lganiga bir yil to`ldi. Zilzila episentri Qahramanmarash viloyatida bo`lgan. 

Vayronkor zilzila qo`shni davlatlar, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr, Kipr Gresiyasi va Iroqda ham sezilgan edi. Zilzilada Qaxramanmarash bilan birga Hatay, Usmoniya, Adiyaman, Diyarbakir, Shanliurfa, Gaziantep, Kilich, Adana, Malatya va Elazig viloyatlarida ham jiddiy vayronagarchilik va talofatlar qayd etilgan. 

Zilzila qurbonlari soni 53 537 kishini tashkil etib, yana 107 213 kishi jarohat olgan edi. Turkiyadagi ushbu zilzilada vafot etgan insonlar xotirasiga mamlakatda 7 kunlik motam e`lon qilingan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda jami 650 ming kishi, jumladan, xorijdan kelgan 11 488 nafar kishi, qidiruv-qutqaruv ishlarida 35 250 nafar ishtirokchi va 142 ming xavfsizlik kuchlari jalb etilgan.  Turkiya rasmiylari vayronkor zilzilani “asr falokati” deb atadi hamda bugun "Asr falokati"ning 1 yilligi munosabati bilan butun Turkiya bo`ylab hayotdan ko`z yumgan fuqarolar yodga olindi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар