75 ta  xususiy agentlikning 53 tasi lisenziyadan mahrum etilgan

28.11.2020 08:49

13 ta xususiy bandlik agentligining 51 nafar rahbar va mas`ul xodimlariga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilgan.

Mazkur XBAlari tomonidan jami 9338 nafar fuqarodan 79,1 mlrd so`mga yaqin pul mablag`lari firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirib olingan.

Kun.uzning xabar berishicha, bu haqda 27 noyabr kungi matbuot anjumanida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i Muhammadzokir Mamatxonov ma`lumot bergan.

«O`tgan davr mobaynida O`zbekiston Respublikasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 104 ta yuridik shaxs ro`yxatdan o`tkazilgan. Shuning 75 tasiga vazirlik tomonidan lisenziya berilgan.

Keyinchalik 75 ta lisenziyaga ega xususiy agentliklarning 53 tasining lisenziyasi bekor qilingan va shundan 11 tasiga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Qolgan 20 tasi hozirgi kunda faoliyat olib boryapti», – dedi agentlik boshlig`i.

Ma`lum qilinishicha, 2019 yilda 64 ta xususiy bandlik agentligiga lisenziya berilgan, 12 tasining lisenziyasi tugatilgan va 9 tasiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

2020 yilning o`tgan davri mobaynida esa XBAlarning 6 tasiga lisenziya berilgan va 43 tasining lisenziyasi to`xtatilgan. Ularning 2 tasiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар