Korrupsiyani tahlil etish indeksi 2023 (CPI) butun dunyoda korrupsiya rivojlanib borayotganini ma`lum qildi.
180 ta mamlakat 2023 yil uchun o`tkazilgan tadqiqotda 0 (juda korrupsiyalashgan) dan 100 (juda toza) gacha bo`lgan shkala bo`yicha baholandi.
O`zbekiston ushbu ro`yxatda 33 ball bilan 121-o`rinni egallab, 2022 yildagi ko`rsatkichga nisbatan 5 pog`onaga yuqoriladi. (2022 yilda 31 ball bilan 126-o`rin).
Markaziy Osiyo davlatlari orasidan faqat Qozog`iston bizdan yaxshi natijani qayd etgan:
Qozog`iston — 39 ball bilan 93-o`rin;
Qirg`iziston — 26 ball bilan 141-o`rin;
Tojikiston — 20 ball bilan 162-o`rin;
Turkmaniston — 18 ball bilan 170-o`rin.
Umuman olganda, dunyo mamlakatlarining uchdan ikki qismidan ko`prog`i 50 baldan past ball to`playdi, bu esa ularda jiddiy korrupsiya muammolari borligini ko`rsatadi. Eng qizig`i hech bir davlatga 100 ballik baho berilmagan.
Jahon bo`yicha korrupsiyadan toza 5 mamlakat:
1-o`rin – Daniya 90 ball;
2-o`rin — Finlyandiya 87 ball;
3-o`rin — Yangi Zelandiya 85 ball;
4-o`rin — Norvegiya 84 ball;
5-o`rin — Singapur 83 ball.