RUS YoShLARINING ROST IQRORI

26.01.2024 07:46

Aslida O`zbekiston xalqiga berilgan haqiqiy e`tirof shu bo`ladi.

Rossiyaning TNT telekanali «Vjit v Samarkande» telemusobaqasini Samarqandda tasvirga oldi. Shou boshlovchisi musobaqa ishtirokchilaridan O`zbekiston haqidagi tassurotlarini so`raganda rossiyalik mehmonlar tomonidan haqiqiy e`tiroflar aytildi.

Boshlovchi: 

- O`zbekiston qanaqa, Samarqand qanaqa, o`z fikrlaringizni biz bilan baham ko`ring? 

Ishtirokchilar:

- U erga qaytishni judayam xohlayman. Halok bo`lish, yashab qolish, harakat qilish, qochish, terlash uchun (musobaqa shartlari nazarda tutilmoqda) emas, balki shunchaki sayr qilish va giddan ma`lumotlarni eshitish, ovqatlanish uchun. 

- Palov eyish uchun. 

- Ha, u erda taomlar judayam mazali. 

- Va u erdagi odamlar judayam yaxshi. 

Boshlovchi: 

- Mana, ko`rinib turibdi, kim ovqat edi, kim tanishdi...

Ishtirokchilar:

- U er haqiqatan ham juda  mehmondo`st davlat. Men albatta uyimni judayam sog`indim, ammo u erda o`zingni o`z uyingdagidek his qilasan. 

Boshlovchi: 

- Uyoqdami?! 

Ishtirokchilar:

- Ha, bu haqiqat. 

- Men u erda bo`ldim va juda hayratlandim. Men bizni uchratgan va biz uchrashgan  hammaga salom yo`llashni xohlardim, siz bizning jamoamiz uchratgan insonlarning eng yaxshilarisiz.

Eslatma: O`zbekistonni umrida bir marta ko`rmagan soxta tarixchilar tomonidan toshlar otilayotgan bir davrda O`zbekistonni o`z ko`zi bilan ko`rgan rossiyalik yoshlarning dilidan chiqqan so`zlar edi bu.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
11
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар