So`rovnoma: O`zbekistonda qaysi soha rivojlanmoqda?

14.01.2024 08:30

O`zbekistonda turli sohalarning rivojlanayotgani haqida tinmay gapiriladi. Davlat telekanallarining asosiy mavzusi ham aynan rivojlanish haqida. Xo`sh, xalq bu rivojlanishni sezayaptimi? Jamoatchilik nazdida O`zbekistonda qaysi soha rivojlanib, qaysi biri rivojlanishdan ortda qolmoqda? Rost24.uz shu mavzuda so`rovnoma o`tkazdi.

O`zbekistonda qaysi soha yaxshi rivojlangan deb o`ylaysiz?

- Bunaqa soha O`zbekistonda yo`q deb o`ylayman. 
- Hamma soha rivojlangan, korrupsiya ham rivojlangan...
- Bilmadim to`g`risi. 
- Menimcha, sartaroshlik bo`lsa kerak. 
- IT yaxshi rivojlanyapti deb o`ylayman. 
- Rivojlanib borayotgan jurnalistlik va aytish g`alati tuyilar, lekin, blogerlik ham. 
- Menimcha, sog`liqni saqlash bo`lsa kerak. 
- Mening fikrimcha, iqtisod va IT
- Qurilish sohasi bo`lsa kerak.

Bizning keyingi savolimiz, qaysi soha rivojlanishdan ortda qolgani haqida bo`ldi va bu savolimizga ham turlicha javoblar oldik.

- Ko`p bunday soha turlari, sanab o`tishga. Juda ko`p-da... 
- Ta`lim, maktab ta`limi. 
- Tibbiyot. 
- Rivojlanmagan soha, bilmadim to`g`risi. 
- Maktab ta`limi umuman rivojlanmayapti. 
- Umuman ruvojlanmagan soha yo`q menimcha, lekin, sekin rivojlanayotgan soha tibbiyot.  U juda mashhur soha bo`lsa ham, superkontrakt bilan kirib ketadiganlar hisobiga shifokorlikning hurmati tushib bormoqda. 
- Matbuot bo`lsa kerak. 
- Tikuvchilik va dizaynerlik. 
- Obodonlashtish ishlari umuman rivojlanmagan...

Savollarni berish jarayonida odamlar hatto, bular haqida  umuman o`ylab ko`rmagan ekanman, to`g`risi, sohalarning ish faoliyatiga ham qiziqmagan ekanman, degan javoblarni ham oldik.

Sizningcha, O`zbekistonda qaysi soha rivojlanib, qaysi soha rivojlanishdan ortda qolmoqda?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар