Tadbirkorlik sub`ektlariga lisenziya berishda ekologiya masalalari hisobga olinadimi?

12.01.2024 13:13

Tadbirkorlik sub`ektlariga lisenziya berishda ekologiya masalalari qanchalik hisobga olinadi? Ya`ni, misol uchun, hozir qum-shag`al yoki sement ishlab chiqaruvchi zavodlar haddan ziyod ko`payib ketgan. Bu ekologiyaga qattiq ta`sir qilyapti. Bu borada ham tadbirkorlik sub`ektlariga bir yillik cheklangan miqdorda yoki ekologiyaga zarar etkazmaslik sharti bilan lisenziya berish kerakdir balki?!

Rost24.uz sayti jurnalistining ushbu mazmundagi savoliga Adliya vazirligi boshqarma boshlig`i Ma`ruf Nazarov faoliyat turi bekor qilinayotganlarining ichida aynan qurilishda toifalar belgilangan shaharsozlik kodeksi bo`yicha har bir toifaga qarab tadbirkorlik sub`ektlariga lisenziya berilishini aytib o`tdi. 

"Lisenziya berish jarayonida lisenziyani ko`rib chiqadigan organlar, misol uchun, qurilish vazirligi bo`ladigan bo`lsa, ular o`sha lisenziyani alohida komissiya sifatida ko`rib chikadi. Bu erda ekologiya bilan bog`liq masalalarda ekologiya organlarining vakillari ham ishtirok etadi va qonunchilikda qo`yilgan talablar doirasida lisenziya beradi. 

Bekor qilinayotgan lisenziya birinchi toifali qurilishlar uchun, sababi, birinchi toifa qurilishlarning hajmi va kelib chiqishi unchalik katta oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Xorijiy mamlakatlarning aksariyatida birinchi, ikkinchi toifa qurilish faoliyati bilan shug`ullanadiganlarga lisenziya talab qilinmaydi. Birinchi toifaga kiradigan ob`ektlar bir qavatli hajmdan kichkina bo`lgan ob`ektlardir. Bunga ko`chma ob`ektlar, o`zgarib turadigan, yo`l yuzida quriladigan ob`ektlar va shunga o`xshagan qurilishlar kiritiladi", – dedi M. Nazarov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар