Davlat telekanali Toshkentni alohida davlat qilishni targ`ib qilmoqdami?

11.01.2024 09:02

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi "Toshkent" telekanalining "Siz nima deysiz?" ko`rsatuvi efirga uzatildi. Unda bugungi kunda dolzarb bo`lgan "Endi niqob taqib yuramizmi?" mavzusi ko`tarilgan.

Mavzu munozarasida aktyor Muzaffar Nuriddinov tomonidan aytilgan so`zlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo`lmoqda. Aktyor jonli efirda Toshkent havosining ifloslanishiga viloyatdan tashrif buyuruvchilarni sabab qilib, ularga 3-4 kunlik pasport tizimini joriy qilishni taklif qildi.

Yaqin o`tmishda xalqni ko`pgina azoblarga duchor qilgan, faqat O`zbekistonga xos bo`lgan "propiska" tizimi Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelgandan so`ng butunlay bekor qilindi. 2023 yil 8 mayda Prezident  “Yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini amalga oshirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi. Farmon bilan, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olinishi lozim bo`lgan shaxslar – O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida”gi qonun bekor qilingan edi.

Davlat telekanalida efirga uzatilgan ko`rsatuvda aktyorning so`zlari bilan eski "propiska" tizimi qaytishi kerakligi targ`ib qilinmoqda. Umuman olganda dolzarb muammo hisoblangan ekologiya mavzusi ko`tarilgan mazkur ko`rsatuvda shu sohaning mutaxassisi yo`q.

Rost24.uz MTRK telekanallarini kimlar tomosha qilishi haqida so`rovnoma va bir nechta materiallar e`lon qilgan edi. Natijalar esa telekanallarning tomoshabinlari yo`qligini ko`rsatgandi.

Yuqorida aytilgan kabi ko`rsatuvdan xulosa qilinsa, televidenie hech kim ko`rmaydi, deb bilganini gapiradigan minbar bo`lib qoldimi?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар