Elmira Bositxonova SSVda o`zining shaxsiy lavozimiga egami?

05.01.2024 15:56

Sog`liqni saqlash vazirligida vazirlar almashyapti, ammo tibbiyotdagi xatolar uchun asosiy aybdor hisoblangan Elmira Bositxonova vazir o`rinbosari lavozimida mustahkam qolmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligida yo`nalishlar taqsimlanishiga ko`ra, vazir o`rinbosari Elmira Bositxonova bolalar kasalliklariga javobgar hisoblanadi. O`tgan yilda bolalar o`limi bilan bog`liq ko`pgina falokatlar xalq ko`z o`ngida sodir bo`ldi. Shu kabi hisob-kitoblarga qaraganda, sog`liqni saqlash tizimida ishdan olinishi lozim bo`lgan nomzodlar ro`yxatida birinchi o`rinni aslida Bositxonova egallashi kerak emasmidi? 

Elmira Bositxonova 65 nafar go`dakning o`limiga sabab bo`lgan"Dok-1 Maks" ishi bo`yicha ham asosiy aybdor ekanligi aytilgan edi. Lekin, keyinchalik "Dok-1 Maks" ishi bo`yicha sudda bolalar doridan vafot etayotganini bilmagandim, deya guvohlik bergan. 

Chustda yoddan bolalar zaharlanishi holatlariga nisbatan "Bu holatning sababi dori emas, O`RVI bo`lishi mumkin", deya aybni fasliy kasalliklarga ag`dargan edi. Ammo, kecha ishdan olingan sobiq vazir Amrillo Inoyatov bolalar "Antistrumin” dorisidan ommaviy zaharlangani haqida gapirib, preparatni berishda doza oshirib yuborilganini tan olgan edi.

 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар