Sergeli tumanida portlagan omborxona xususiy ekanligi aytilgan lekin ichidagi tovarlar haqida ma`lumot berilmadi. Bu bo`yicha aniq ma`lumot bormi?
Rost24.uz muxbirining ushbu savoliga Bojxona qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Ilhom Muxtorov quyidagicha javob berdi:
"Sergelidagi omborxona hududi juda katta. U erda omborlar qurilgan va ko`plab tadbirkorlarga ijaraga berilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bojxona portlab ketdi, bojxona omborida yuk yonib ketdi, degan xabarlar tarqaldi. U erda haqiqatdan bojxona ombori joylashgan bo`lgan. Bojxona omboridagi tovarlar umuman zarar ko`rmagan. Bojxona omborining yaqinidagi binoda yong`in hosil bo`lgan. Bularni ommaviy axborot vositalaridan ko`rdik. Shu masalada aytib o`tish kerakki, "Bojxona ombori" degani faqat bojxonaga tegishli ombor emas. Bu narsani nafaqat oddiy xalqqa, balki mansabdor shaxslarga ham tushuntirishga harakat qilyapmiz. Bojxona ombori shunchaki atama hisoblanadi. Bugunga kelib, O`zbekistonda 400 ga yaqin bojxona ombori bor. Bularni hammasi tadbirkorlik bilan shug`ullanadigan tadbirkorlar tomonidan ochilgan omborlar hisoblanadi. Tadbirkorlarga tegishli bo`ladi, faqat bu lisenziya talab qilinadigan faoliyat turi hisoblanadi. Chunki u er bojxona nazorati ostida bo`lgan tovarlar uchun mo`ljallangan bo`ladi. Yangi yildan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan yonish va portlash xavfi bo`lgan tovarlar nazorat qilinadi. U tovarlar haqiqatdan mumkinmi yoki mumkin emasmi, degan savollarga javob topilganidan keyin rasmiylashtiruv jarayonlari amalga oshirilishi bo`yicha yangi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilyapti. Albatta, bu noxush holat edi. Sergelida portlagan omborxonadagi tovarlarning ko`pi import tovarlar bo`lgan", dedi I.Muxtorov.