Elektr energiyasi ishlab chiqarish ko`paymoqda, muammochi?

23.12.2023 07:41

GESlarda elektr energiyasi belgilangan miqdordan 400 MVt oshig`i bilan ishlab chiqarilayotgani aytildi. Bu esa MDH davlatlari bo`yicha taqqoslaganda ham eng yuqori ko`rsatkich ekan. Lekin, nega bu borada o`tgan yil yoki undan oldingi yilga nisbatan o`zgarishlar sezilmayapti?

Rost24.uz jurnalistining ushbu savoliga "O`zbekgidroenergo" AJ boshqaruv raisi o`rinbosari Farrux Nurullaev quyidagicha javob berdi:

“2022 yil jamiyatimiz tomonidan 5 mlrd 200 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish ko`zda tutilgan edi. Lekin shunga qaramasdan, 6 mlrd 484 MVt elektr energiyasi ishlab chiqardik, ya`ni bu  rejadan ko`proq degani. Bu yil ham har yilgi ko`rsatkichga nisbatan 6 foiz ortig`i bilan bajaramiz. Keyingi yillarda ham bu yildan yilga  bu o`sib boradi va natijasini ko`rsatadi”,  dedi F.Nurullaev.

Ma`sullarning so`zlariga ko`ra, elektr energiyasi ishlab chiqarish borasida qo`yilgan talab ortig`i bilan bajarilmoqda, ammo negadir elektr energiyasi bilan bog`liq muammolar kamayishi sezilmayapti?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар