Oqsaroyda gid topishga qiynalganman – Turizm qo`mitasi mutasaddisi

20.12.2023 08:49

Rost24.uz yaqinda O`zbekisonda mustaqil sayyohlik qilgan bir fuqaro bilan suhbatlashgan edi. U ichki turizm yaxshi rivojlanmaganini, Qashqadaryoda Oqsaroy kompleksida birorta ham gid xizmatidan foydalana olmaganini aytdi. Bundan tashqari, muzeylarda, hatto turizmni rivojlantirish maqsadida bo`lsa ham, suratga olish mumkin emas ekan. Biz bilan suhbatlashgan sayyoh Qoraqalpog`istondagi mashhur Saviskiy muzeyida suratga olishi uchun muzey ma`muriyati 600 ming so`m so`raganini aytgan edi. Bu holatlarga turizmi mutasaddilari qanday izoh beradi?

Rost24.uz jurnalistining ushbu savoliga Turizm qo`mitasi Boshqarma boshlig`i Ibrohim Barnaev quyidagicha izoh berdi:

“Ichki turizm rivojlanmagan degan fikrizga men qo`shilmayman. Shaxsan o`zim Qashqadaryoda 2 oylab yurdim. Agar u erga yozda borilsa, hech qaerdan joy topa olmaysiz. Hamma hududlari odamlar bilan gavjum bo`ladi. Hozir Qashqadaryoda ikkita turistik zona tashkil qilinyapti. Bu bo`yicha prezident qarori ham chiqdi. Qashqadaryoning Kitob va Qamashi tumanlarida ikkita turistik zona qurilishi rejalashtirilgan. Agar turizm rivojlanmagan bo`lsa, bu narsa qilinmaydi. Gidlar masalasida esa, haqsiz. O`zim ham oilaviy sayohatlarga borganimda, ayniqsa Oqsaroyda gid topishga qiynalganman. Hozir o`qitish ishlari ketyapti. Bu sohani rivojlantirish uchun asosiy maqsadlar bor. Bundan tashqari, Oqsaroyda qurilishi rejalashtirilgan turistik markazda tur operator, gid xizmatini ham o`zimiz yo`lga qo`ymoqchimiz. Muzeylarda suratga olish bo`yicha, balki bu ichki tartibdir, sababi, o`zi suratga olish taqiqlangan ob`ektlar bor”, deydi I.Barnaev.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар